Ish haftasi davomida havo harorati +40° dan oshishi mumkin

16—20-iyun kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti .
Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, harorat +39° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli, +25° gacha pasayadi.
17-iyun kuni kunduzi biroz bulutli bo‘lishi, +40° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli ob-havo, +25° gacha tushishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni kunduzi biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, havo harorati +42° gacha ko‘tariladi. Kechasi biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, havo harorati +26° gacha tushadi.
19-iyun kuni havo biroz bulutli bo‘lib, kunduzi +38° gacha ko‘tariladi. Kechasi biroz bulutli, +24° gacha tushishi mumkin.
Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, +35° gacha koʻtariladi. Shanba kuni kechasi biroz bulutli, +22° gacha tushadi.