Toshkent hayvonot bog‘i volontyorlarni qabul qilmoqda
E’lon qilingan sana: · 120

Amur yo‘lbarschasi Taya nafaqat o‘zining chiroyli ko‘zlari va sho‘x harakatlari bilan hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi, balki u mehrga ham juda tashna. Agar yonida do‘st bo‘lmasa, xafa bo‘lib qoladi. Shu sabab, hayvonot bogʻi parvarishchilari uni bir lahza ham yolg‘iz qoldirmaydi va aynan shu sabali Toshkent hayvonot bogʻi volontyorlar uchun qabul e’lon qildi.
Volontyor bo‘lishni istaganlar quyidagi talablar asosida ariza topshirishlari mumkin:
- 18 yoshdan oshgan;
- 086-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;
- direktor nomiga yozilgan ariza.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (+998) 71−207−2072.