Anons
Online Marathon
E’lon qilingan sana: · 227

Toshkentda Online Marathon 2025 — Samarkand Marathon yugurish turkumining bir qismi bo‘lgan xayriya onlayn yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa quyidagi masofalarda oʻtkaziladi:
- erkaklar va ayollar oʻrtasida marafon — 42,195 kilometr;
- erkaklar va ayollar o‘rtasida yarimmarafon- 21,1 kilometr;
- erkaklar va ayollar yugurish musobaqasi — 10 kilometr;
- erkaklar va ayollar yugurish musobaqasi — 5 kilometr;
- erkaklar va ayollar yugurish musobaqasi — 2 kilometr;
- Kids run yugurish musobaqasi — 60 metr, 300 metr, 600 metr, bir kilometr;
- skandinavcha yurish musobaqasi — ikki kilometr.
Ishtirokchilar yoshi:
- marafon va yarim marafon — erkaklar va ayollar oʻrtasida 18 yosh va undan katta;
- 10 kilometr va 5 kilometr — erkaklar va ayollar oʻrtasida 16 yosh va undan kattalar;
- skandinavcha yurish va 2 kilometr — erkaklar va ayollar oʻrtasida 13 yosh va undan katta;
- Kids Run 60 metr — 3 yoshdan boshlab;
- Kids Run 300 metr — 4 yoshdan 6 yoshgacha;
- Kids Run 600 metr — 7 yoshdan 11 yoshgacha;
- Kids Run bir kilometr — 11 yoshdan 12 yoshgacha;
Ishtirok etish uchun quyidagilar talab etiladi:
- masofani tanlash;
- GPS kuzatuvli istalgan yugurish ilovasida qayd etgan holda yugurishni amalga oshirish;
- 14 iyulga qadar yugurish trekingni maxsus telegram botga yuborish.
Tadbirda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Ishtirok etish bepul.
Roʻyxatdan oʻtish veb-saytida mavjud.
18-iyundan 14-iyulgacha