O‘zbekistondan Malayziyagacha: orzular yo‘li shu yerdan boshlanadi

2026-yilda Malayziya Visit Malaysia Year yirik kampaniyasi orqali dunyoga o‘z eshiklarini rasman ochadi. Mamlakat o‘zining madaniy xilma-xilligi, betakror tabiati va mehmondo‘stligi bilan o‘zini har tomonlama namoyish etishga tayyor.
11-iyun kuni Toshkentda Malayziya turizmini O‘zbekistonda targ‘ib qilishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mintaqada Malayziya turizmini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan asosiy shaxslar, jumladan, Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Tuax bin Illias, Tourism Malaysia’ning Amerika, Yevropa va Okeaniya bo‘yicha xalqaro targ‘ib qilish bo‘limi direktori Mohd Akbal Setia, Tourism Malaysia Olmaota bo‘limi direktori Nor Shazli Azmi, hamda Malaysia Inbound Chinese Association (MICA) vitse-prezidenti Dr Cindy Seow va Uzbekistan Airways vakillari ishtirok etdi.
Yaqinlashib kelayotgan Visit Malaysia Year 2026-yilda mamlakat turizmi rivojlanishida muhim bosqich bo‘ladi. Bu milliy kampaniya dunyo bo‘ylab sayyohlarni jalb etish, Malayziyaning noyob diqqatga sazovor joylari, madaniyati va tabiiy boyliklarini namoyish qilishga qaratilgan. O‘zbekistonlik sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlar manbai sifatida paydo bo‘lmoqda.
Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasida sayohatlar soni ijobiy o‘sishda davom etmoqda va bu — tasodif emas, balki puxta o‘ylangan siyosat va qo‘shma harakatlar samarasidir.
“Hozirgi paytda har ikki tomondan turistik oqim ortib bormoqda — bu esa hamkorligimizga ishonch bag‘ishlaydi. Odamlar endi Malayziya va O‘zbekiston nimani taklif qilayotganini ancha yaxshi tushunishmoqda. Biz aynan shunday anglash asosida hamkorlikni mustahkamlab bormoqdamiz”, — deydi Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilxam Tuax bin Illias.
O‘zbekiston fuqarolari uchun Malayziyaga sayohat vizasiz amalga oshiriladi. Toshkentdan qulay parvozlar bilan bu sayohat maksimal darajada qulay bo‘ladi. Malayziya Janubi-Sharqiy Osiyoning yuragida joylashgan bo‘lib, rivojlangan transport tizimi tufayli materik va orollarni bemalol o‘rganish mumkin.
“Malayziya — chinakam Osiyo bilan uchrashuv joyi” shunchaki shior emas — bu mamlakat mohiyatining ifodasi. Bu yerda malaylar, xitoylar, hindlar va mahalliy xalqlar madaniy uyg‘unlikda yashaydi. Bu esa o‘zbekistonlik sayohatchilar uchun ayniqsa yaqin — ular uchun oila qadriyatlari, iliqlik va boy tarix muhim hisoblanadi.
“Malayziya bizni nafaqat ekzotikasi bilan, balki bolali bo‘lsak ham qanday xavfsiz va qulay ekani bilan hayratda qoldirdi. Hamma mehribon, hamma joy qulay — hatto aravachada yurgan bo‘lsak ham”, — deydi Kuala Lumpur va Langkaviga sayohat qilgan o‘zbekistonlik oila.
Malayziya oilaviy sayohatlar uchun chinakam xazina sandig‘i: bu yerda bolalar va kattalar uchun hayvonot bog‘lari, akvariumlar, Legoland Malaysia va Sunway Lagoon kabi tematik parklar mavjud. Tabiatni sevuvchilar esa ekoturlar orqali qo‘riqxona va milliy bog‘larda sayr qilib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ladi. Borneo tropik o‘rmonlari, Batu g‘orlari, Cameron Highlands choy dalalari va Sabah orollaridagi marjon riflari — bularning barchasi tabiat bilan uyg‘un hayotga eshik ochadi.
Zamonaviy shahar muhitida o‘zini topishni istagan yoshlar uchun Malayziya — bu ilhom makoni: rang-barang festivallar, betakror taom sayohatlari va modani qadrlovchilar uchun zamonaviy dizayndagi xaridlar bilan boy tajriba makoni.
Ko‘plab Osiyo yo‘nalishlaridan farqli o‘laroq, Malayziya sayyohlar uchun qulay narxlarda yuqori xizmat darajasini taklif etadi. Mehmonxonalar, tibbiy xizmatlar va gastronomik maskanlar yuqori darajada xizmat ko‘rsatadi, narxlar esa ko‘pchilik uchun qulay. Bu esa har bir mehmon uchun qulay, sifatli va unutilmas dam olish imkoniyatini yaratadi.
Malayziya hukumati turizm sohasini faol qo‘llab-quvvatlab, xorijiy sayyohlar uchun maxsus paketlar ishlab chiqmoqda. O‘zbekistonliklar uchun esa hozirda turar joy bo‘yicha chegirmalar, rus tilida xizmat ko‘rsatuvchi gidlar va qulay sayohat marshrutlari mavjud.
“Malayziya — bu bir necha madaniyat va dinlar uyg‘un yashaydigan maskan. O‘zbekistonlik sayohatchilar bu xilma-xillikni bevosita his qilib, o‘zlarini bu muhitda erkin va yaqin his qilishadi”, — deb ta’kidlaydi xitoylik turoperatorlar assotsiatsiyasi rahbari Dr Cindy Seow.
Malayziya turizmida barqarorlik muhim ustuvorliklardan biridir. Mamlakatda milliy bog‘lar, qo‘riqlanadigan hududlar va biologik xilma-xillikni asrash bo‘yicha samarali dasturlar faol ishlamoqda. Sayyohlar ekologik jihatdan ongli bo‘lishga chorlanadi, tabiatga zarar yetkazmaydigan dam olish turlariga ustuvorlik beriladi. Ekoturizm va oilaviy faoliyatlar bu yurtni yanada jozibador qiladi.
Malayziyada ingliz tili kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan. Bu esa, ayniqsa, malay tilini bilmaydigan sayyohlar, jumladan, bolali oilalar uchun sayohatni yanada qulay va ishonchli qiladi. Har bir savolga javob topish, yo‘l so‘rash yoki xizmatdan foydalanish — hech qanday til to‘sig‘isiz amalga oshadi. Muloqotdagi erkinlik va tushunish — bu faqat qulaylik emas, balki sayohat zavqining o‘zi.
“Malayziya — yurtdosh sayohatchilarimiz uchun qulay, hamyonbop va istiqbolli yo‘nalish. Biz parvozlarni yanada qulay qilish, hamkorlikni kengaytirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm oqimini faollashtirish ustida faol ishlayapmiz”, — deb izoh berdi Uzbekistan Airways turizm bo‘limi boshlig‘i Adolat Dosanova.
Malayziya — bu Osiyoning yuragida joylashgan, madaniy boylik, zamonaviy qulayliklar va tabiiy go‘zallik uyg‘unlashgan noyob maskan. Vizalarning yo‘qligi, xizmat ko‘rsatish darajasining yuqoriligi, oilaviy va ekologik sayohat imkoniyatlari bilan bu yo‘nalish o‘zbekistonlik sayyohlar e’tiborini tobora ko‘proq jalb qilmoqda.
Qo‘shimcha ravishda, seminar doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B (biznesdan biznesga) uchrashuvlar ham tashkil etildi va o‘zbekistonlik sayyohlarni jalb qilish maqsadida maxsus tanlab olingan sayohat yo‘nalishlari taqdim etildi. B2B sessiyasida Malaysia Inbound Chinese Association (MICA) a’zolari ishtirok etdi.
2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Visit Malaysia Year xalqaro kompaniyasi doirasida Malayziya o‘zining barcha jozibalarini dunyoga yana bir bor namoyish etadi. Bu esa O‘zbekiston bilan madaniy va turistik aloqalarni mustahkamlash, yangi taassurotlar sari eshik ochish imkonini beradi.
Telefon: (+998) 95−222−2025.
Instagram: @tm.almaty
Facebook: fb.com/tourismmalaysiaalmaty
Telegram: t.me/tourismmalaysiaalmaty
TikTok: @tm.almaty
Youtube: @tm.almaty
Reklama huquqlari asosida.