Dam olish kunlari harorat +38…+40 darajagacha, janubda +42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Lekin respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamolning kuchayishi 20−22 m/s ga yetishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba va yakshanba kunlari +37…+40 darajagacha ko‘tariladi.