Poytaxtda ish haftasi +21...+41° bo‘lishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 66

23−27-iyun kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti.
Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +39° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli, +25° gacha pasayadi.
24-iyun kuni havo biroz bulutli bo‘lib, +41° gacha ko‘tariladi. Kechasi — biroz bulutli, +26 gacha pasayadi.
Chorshanba kuni havo biroz bulutli boʻlib, +40° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi oʻzgaruvchan bulutli, +24° gacha pasayadi.
26-iyun kuni havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +33° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, +21° gacha pasayishi kutilmoqda.
Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, +36° gacha ko‘tariladi. Juma kuni kechasi biroz bulutli, +21° gacha tushadi.