Toshkent metrosining 6 ta bekati ta'mirlash uchun yopiladi

E’lon qilingan sana· 125
Toshkent metrosining 6 ta bekati ta'mirlash uchun yopiladi

28-iyundan Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘lining “Quruvchilar” (12-bekat) va “Yangiobod” (6-bekat) bekatlari oralig‘idagi qismida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu “Texnopark — Qipchoq” yo‘nalishida olib borilayotgan rejali profilaktika ishlari bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, ishlar bosqichma-bosqich, uch oygacha amalga oshiriladi. Metro ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ish xavfsizlik va xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Bu boshqa mamlakatlarda yangi stansiyalar ma’lum muddat ishlagandan keyin amalga oshiriladi.

Noqulayliklar yuzaga kelmasligi uchun ta’mirlash vaqtida “Qipchoq — Yangiobod — Qipchoq” yo‘nalishida bepul avtobuslar (metrobuslar) qatnovi tashkil etiladi. Katta sig‘imli avtobuslar ushbu uchastkada har kuni soat 5:00 dan 23:00 gacha qatnaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling