Toshkent xalqaro aeroportida kapsula mehmonxonasi ochildi

E’lon qilingan sana· 225
Toshkent xalqaro aeroportida kapsula mehmonxonasi ochildi

Toshkent xalqaro aeroportida 23-iyun kuni “Qoʻnoq” brendi ostida tashkil etilgan kapsula mehmonxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mini-mehmonxona uchib ketish terminalidan, roʻyxatdan oʻtish zalida joylashgan boʻlib, u zamonaviy qulayliklarga ega boʻlgan oltita kapsuladan iborat: toʻrtta bir kishilik va ikkita oilaviy (ikki kishilik) kapsulalar mavjud.

Bir kishilik standart kapsula tariflari:

  • 4 soatgacha — 400 000 soʻm;
  • 6 soatgacha — 600 000 soʻm;
  • 8 soatgacha — 800 000 soʻm.

Ikki kishilik standart kapsula tariflari:

  • 4 soatgacha — 600 000 soʻm;
  • 6 soatgacha — 800 000 soʻm;
  • 10 soatgacha — 1 000 000 soʻm.

Har bir kapsula choyshablar toʻplami, qulay ortopedik matrasli krovat, individual shamollatish va yoritish tizimlari, rozetkalar, USB portlar, shaxsiy seyf, kiyim ilgich, oyna va ekran-soat bilan jihozlangan. Shuningdek, mikroiqlim barqarorligi ham ta’minlangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling