Toshkent halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

E’lon qilingan sana· 214
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent halqa avtomobil yo‘lining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 42,5−47 km qismida ta’mirlash ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan, 2025-yil 25-iyundan 4-iyulga qadar Ohangaron shoh ko‘chasining Parkent-Maxtumquli-Temur Malik ko‘chasi aylanma harakatidan THAY-Ohangaron ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Hokimlik haydovchilarga (xaritada ko‘rsatilgan) muqobil yo‘nalishlar — THAY, Bektemir shoh, Farg‘ona yo‘li, Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston ko‘chalaridan foydalanishni tavsiya etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling