Toshkentda 9 ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgartirildi

E’lon qilingan sana· 356
Toshkentda 9 ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgartirildi

25-iyundan boshlab poytaxtning Yashnobod tumanidagi Ohangaron ko‘chasining bir tomonlama harakatlanuvchi qismi vaqtincha yopildi. Shu munosabat bilan Qorasuv koʻchasidan Birlashgan koʻchasigacha boʻlgan yopiq uchastkadan oʻtuvchi avtobus yoʻnalishlari harakati oʻzgartirildi.

Oʻzgarishga koʻra:

  • 95, 110, 128-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Oxangaron ko‘chasi bo‘ylab “cho‘ntak” deb ataladigan qo‘shimcha yo‘lga yo‘naltirildi;
  • 18, 30, 44, 49, 119, 129-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirildi va Qorasuv, Aviasozlar, Beshariq ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi. Uch bosqichli chorrahadan so‘ng avtobuslar Aviasozlar saroyi tomon buriladi.

Maʼlum qilinishicha, yoʻl taʼmirlash ishlari davomida yoʻl harakati cheklanishi va uzun tirbandliklar yuzaga kelishi sababli avtobus yoʻnalishlariga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling