Toshkentda iyul oyi 43 daraja issiq bilan boshlanadi

E’lon qilingan sana· 140
Toshkentda iyul oyi 43 daraja issiq bilan boshlanadi

30-iyundan 4-iyulgacha boʻlgan ish haftasi uchun poytaxtda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.

Dushanba kuni kunduzi kam bulutli boʻlishi, harorat esa +36 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutli boʻladi, harorat +22 darajagacha tushadi.

1-iyul kuni havo kam bulutli bo‘lib, harorat +38 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi oʻzgaruvchan bulutlilik kuzatiladi va harorat +23 darajagacha pasayadi.

Chorshanba kuni havo kam bulutli boʻladi, kunduzi harorat +39° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo kam bulutli boʻlishi, harorat +24° gacha tushishi kutilmoqda.

3-iyul kuni havo kam bulutli boʻlib, harorat +41° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi ham havo kam bulutli boʻladi, harorat +25° gacha pasayadi.

Juma kuni tushdan keyin havo kam bulutli boʻladi, harorat +43° gacha koʻtariladi. Shanba kuniga oʻtar kechasi esa kam bulutli boʻladi, harorat +27 darajagacha tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Toshkentda iyul oyi 43 daraja issiq bilan boshlanadi — Toshkent Afishasi