O‘zbekistonda iyul oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 154
O‘zbekistonda iyul oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul — yoz faslining o‘rtasi bo‘lib, O‘zbekistonda eng yuqori havo harorati iyul oyida kuzatiladi, deya qayd etmoqda Oʻzgidromet. 2025-yilda, so‘nggi yillarda tez-tez qayd etilganidek, iyul oyi o‘rtacha yillik qiymatlardan 1−2 darajaga iliqroq bo‘lishi kutilmoqda.

Iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlim me’yori) respublika hududining katta qismida 35−37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda 38−40 darajani tashkil etadi.

Ammo deyarli har yili, iyul oyida havo harorati 40−42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43−45 darajagacha, eng issiq yillarda esa undan ham yuqori bo‘ladigan juda issiq davrlar kuzatiladi.

Havo harorati 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan o‘rtacha kunlar soni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarda 1−3 kun, shimoliy va janubi-g‘arbiy hududlarda 3−7 kun, cho‘l hududlarda va janubda 10−15 kunni tashkil etadi.

So‘nggi yillarda bunday issiq kunlar sonining ko‘payish tendensiyasi kuzatilmoqda.

2-iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3−5 iyul kunlari hududning katta qismida havo harorati 40−43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44−46 darajagacha ko‘tariladi.

5-iyul kuni respublikaning g‘arbiy yarimi bo‘yicha, 5-iyulda barcha hududlar bo‘yicha harorat 4−6 darajaga pasayadi. Biroq, iyul oyida salqin havoni kutmaslik kerak. Oy oxirigacha harorat asosan 36−39 daraja, ayrim eng issiq kunlarda esa 40−41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42−43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Iyul oyida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling