Oʻzbekistonda 1 kg osh tayyorlash qanchaga tushadi?
E’lon qilingan sana: · 230

Milliy statistika agentligi Oʻzbekistonning turli hududlarida 1 kg osh tayyorlash narxi qancha boʻlishini hisobladi. Bunda xuddi shuncha palov uchun kerak boʻladigan mahsulotlar narxining oʻrtacha qiymati keltirilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyi hisob-kitoblari boʻyicha bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Qoraqalpog‘iston R. — 97 684 so‘m;
- Andijon viloyati — 104 449 so‘m;
- Buxoro viloyati — 107 405 so‘m;
- Jizzax viloyati — 108 900 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 110 211 so‘m;
- Navoiy viloyati — 108 612 so‘m;
- Namangan viloyati — 108 385 so‘m;
- Samarqand viloyati — 111 681 so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 109 678 so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 104 623 so‘m;
- Toshkent viloyati — 112 192 so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 114 390 so‘m;
- Xorazm viloyati — 105 215 so‘m;
- Toshkent shahri — 116 267 so‘m;
Bunda bir kilogramm palov uchun kerakli quyidagi mahsulotlarning hududlardagi oʻrtacha narxi hisobga olingan:
- kungaboqar yog‘i — 0,3;
- piyoz — 300 gr;
- mol go‘shti — 700 gr;
- sabzi — 1 kg;
- guruch — 1 kg;
- no‘xat — 100 gr;
- zira — 10 gr;
- osh tuzi — 20 gr.
Avvalroq Afisha.uz “Osh boʻlsin” rubrikasi doirasida Toshkentdagi bir nechta osh markazlari obzorini tayyorlagan. Shuningdek, Samarqanddagi mashhur 5 ta osh markazining manzil, narxlar va kontaktlarini bir joyga toʻplagandik.