Toshkentda 6 ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgardi
E’lon qilingan sana: · 162

Yashnobod tumanidagi Rohat aylanma yo‘lida avtomobil harakati vaqtincha yopildi. Shu sababli ushbu hudud orqali harakatlanuvchi 6 ta avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtincha o‘zgartiriladi, deya xabar bermoqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi.
2-iyuldan boshlab 26, 54, 110, 119, 128, 174-sonli avtobus yoʻnalishlari quyidagicha oʻzgardi:
Shaharning markaziy qismi tomon:
- THAY — Ohangrabo — Uysozlar — Uysozlar-2 — Izzat — Shohimardon — Ohangaron shox ko‘chasi orqali.
Qaytish yo‘nalishi:
- Shohimardon — Katta Yangiobod — Shohsanam — Tolqariq — THAY ko‘chalari orqali.
Boshqarma yo‘l ta’mirlash ishlari davomida transport harakati cheklanishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirib, zarurat tug‘ilganda yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ma’lum qildi.