Toshkent markazidagi ikki koʻcha 3 kunga yopildi

E’lon qilingan sana· 325
Toshkent markazidagi ikki koʻcha 3 kunga yopildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasida kapital ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Loyiha doirasida ko‘cha rivojlangan infratuzilmaga ega zamonaviy turistik hududga aylantirilmoqda.

Qurilish-ta'mirlash ishlarini jadallashtirish maqsadida Sodiq Azimov va O‘zbekiston ovozi ko‘chalari kesishmasida 2-iyul kuni soat 12:00 dan 5-iyul kuni soat 8:00 ga qadar avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklandi .

Mazkur chorrahadan oʻtuvchi 60-sonli avtobus yoʻnalishi Shahrisabz koʻchasi boʻylab ikki yoʻnalishda ham oʻzgartiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling