Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar kamaytiriladi

Toshkent metrosining 13 ta bekatining 1 tadan vestibyullaridagi kassalar yopildi. Uning oʻrniga sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda, deya xabar bermoqda “Toshkent metropoliteni” DUK.
Korxona metro bekatlarida kuzatuv va oʻrganishlar oʻtkazgan. Unda ilgari bir martalik QR-kodli chiptalardan metro yoʻlovchilarining 45−50% foydalangan boʻlsa, hozirgi vaqtga kelib qariyb 6−7% ni tashkil qilayotgani aniqlangan. Bunga boshqa toʻlov usullari arzonligi sabab boʻlgan.
Shu boisdan, naqd pul koʻrinishida toʻlovni amalga oshiruvchi yoʻlovchilar soni kam boʻlgan 13 ta metro bekatlarining 1 tadan vestibyullaridagi kassalar yopildi va ushbu vestibyullarga chipta sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda.
Bekatlar: Mirzo Ulugʻbek, Xalqlar doʻstligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, Pushkin, Doʻstlik, Toshkent, Oybek, Tinchlik, Shahriston, Bodomzor, Minor hamda Abdulla Qodiriy.
“Toshkent metropoliteni” DUK boshqa toʻlov usullari saqlanib qolishini aytib, avtomatlashtirilgan toʻlovlar qulayroq ekanini eslatib oʻtgan.