Toshkentda hafta davomida harorat +33 darajagacha pasayadi

E’lon qilingan sana· 152
Toshkentda hafta davomida harorat +33 darajagacha pasayadi

Toshkent shahrida 7−11 iyul kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Dushanba kuni kunduzi havo kam bulutli boʻlib, harorat +40 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi oʻzgaruvchan bulutlilik va +26° gacha pasayish kuzatiladi.

8-iyul kuni oʻzgaruvchan bulutlilik boʻladi, kunduzi havo harorati +38° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo kam bulutli boʻladi, harorat +24 darajagacha pasayadi.

Ob-havo maʼlumotlariga koʻra, chorshanba kuni tushdan keyin havo kam bulutli boʻladi, harorat +36° gacha koʻtariladi. Kechasi esa oʻzgaruvchan bulutlilik kuzatiladi, harorat +23° gacha pasayadi.

10-iyul kuni kunduzi kam bulutli havo kuzatiladi, harorat +33° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutli havo boʻladi, harorat +20° gacha tushadi.

Juma kuni kunduzi havo kam bulutli boʻlib, harorat +35° gacha koʻtariladi. Shanba kuni kechqurun havo kam bulutli boʻladi, harorat +21° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling