Toshkentda ikkita avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

E’lon qilingan sana· 253
Toshkentda ikkita avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Yangi Oʻzbekiston koʻchasida olib borilayotgan taʼmirlash-qurilish ishlari munosabati bilan ikkita avtobus yoʻnalishi harakati vaqtincha oʻzgartirilmoqda. 9-iyuldan 9-avgustgacha mazkur yo‘nalishlar harakati Milliy Bog‘ ko‘chasi bo‘ylab tashkil etiladi.

106-sonli avtobus yo‘nalishi Saodat savdo markazidan Akfa universiteti tomon Milliy bog‘ ko‘chasi bo‘ylab yopiq uchastkani aylanib o‘tadi. Teskari yo‘nalish esa o‘zgarishsiz qoladi.

190-sonli avtobus yo‘nalishi “Yangibozor” avtostansiyasidan “Mashinasozlar” metro bekati tomon Milliy bog‘ ko‘chasi bo‘ylab yopiq uchastkani aylanib o‘tadi. Bunda ham teskari yo‘nalish o‘zgarishsiz qoladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling