O‘zbekistonliklar yo‘lkira uchun karta va telefonlar orqali ko‘proq pul to‘lay boshladi

2025-yil iyun oyida O‘zbekistonda jamoat transportida qatnovlar soni oshdi. Bir oyning o‘zida qariyb 50 million tranzaksiya amalga oshirildi — bu 2024-yil iyun oyiga nisbatan 37 foizga ko‘p hisoblanadi.
Qayd etilishicha, yoʻlovchilar koʻp hollarda bank kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirgan. 27 milliondan ortiq tranzaksiya qilingan, bu bir yil oldingiga nisbatan 176 foizga koʻp hisoblanadi. Deyarli 15 million qoʻshimcha qatnovlar transport kartalari bilan toʻlangan.
Ta’kidlanishicha, raqamli toʻlov usullariga qiziqish ortib bormoqda. Masalan, faqat mobil QR-kodlar yordamida metroda 1,2 million va avtobusda 2 million qatnov amalga oshirilgan. Borgan sari koʻproq odamlar qogʻoz chiptalardan voz kechmoqda va bu bor-yoʻg'i 1,9 million tranzaksiyani tashkil etmoqda.
Asosiy oʻsish viloyatlarda kuzatildi. Hududlarda 6 million qatnovlar qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 10 barobar (+92,9 foiz) ko‘pdir.
Shuningdek, bir oy ichida 25 mingdan ortiq transport kartalari sotildi va 17 mingga yaqin virtual kartalar yaratildi. Bu ko‘proq odamlar naqd pulsiz to‘lov usullariga o‘tayotganini anglatadi.