G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylari ta'mirlanadi

E’lon qilingan sana· 60
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylari ta'mirlanadi

Madaniy meros agentligi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, Toshkent shahrida joylashgan G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarining binolari mukammal ta’mirlanadi va binolarda muhandislik kommunikatsiya ishlari olib boriladi.

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylaridan tashqari Buxoro viloyatining “Eski shahar” qismida joylashgan “Passaj-1” madaniy meros obyektini muzeylashtirish loyihasi tarixiy yodgorlikka ziyon yetkazmaslik sharti bilan tasdiqlangan.

Shuningdek, Buxoro shahrida joylashgan “Qadimiy hovli” (Hovli Poyon) madaniy meros obyektini Buxoro shahridagi Jadidlar merosi davlat muzeyiga moslashtirish, restavratsiya qilish ishlari bo‘yicha loyihasi Kengash a’zolari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib yakuniy xulosa berilishi tavsiya etildi.

Ta’kidlanishicha, Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari 9 ta dolzarb loyiha bo‘yicha yakuniy xulosalar bergan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling