Hafta davomida kunduzi harorat 40 darajadan pastga tushmaydi
E’lon qilingan sana: · 346

Toshkent shahrida 22-iyuldan 25-iyulgacha qanday ob-havo kuzatilishi e’lon qilindi.
Seshanab kuni kunduzi havo kam bulutli boʻlib, harorat +43° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi esa havo kam bulutli boʻladi, harorat +27° gacha pasayadi.
23-iyul kuni havo kam bulutli bo‘ladi, kunduzi harorat +42° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi oʻzgaruvchan bulutlilik kuzatiladi, harorat +25° gacha pasayadi.
Payshanba kuni havo kam bulutli boʻlishi, harorat esa +40° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo kam bulutli boʻladi, harorat +24° gacha tushadi.
25-iyul kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘lishi, harorat +40° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +25° gacha tushadi.