Biz kutgan kunlar yaqin: hafta oxirida havo salqinlashadi

E’lon qilingan sana· 222
Biz kutgan kunlar yaqin: hafta oxirida havo salqinlashadi

Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat kunduz kunlari 25−26-iyulda +38…+40 daraja, 27-iyulda +35…+37 daraja, kechalari esa asosan +22…+25 daraja bo‘ladi.

Issiq biroz pasayishiga qaramay, juma va shanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari +38…+40 daraja atrofida, respublika janubida +41…+43 darajagacha bo‘lgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.

Yakshanba kuni harorat +34…+37 darajagacha, janubda +38, +39 darajagacha pasayadi.

O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling