Metroning "Texnopark" va "Yangiobod" bekatlari orasi vaqtincha yopiladi
E’lon qilingan sana: · 121

2-avgust kuni Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining “Texnopark” va “Yangiobod” orasidagi oltita bekatda harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu bekatlarda bir necha yil ishlagandan keyingi rejali profilaktika ishlari olib boriladi.
Shuningdek, yo‘lovchilarning kerakli bekatlarga yetib borishini ta’minlash maqsadida “Texnopark-Qipchoq-Texnopark” bekatlari o‘rtasida soat 5:00 dan 23:00 gacha bepul avtobuslar (metrobuslar) yo‘lga qo‘yiladi.
Ta’kidlanishicha, xavfsizlik va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Profilaktik ishlar qachon yakunlanishi va mazkur bekatlarning yo‘lovchilar uchun ochilish sanasi ma’lum qilinmagan.