Iyul oyi barqaror ob-havo va +36° bilan yakunlanadi

E’lon qilingan sana· 51
Iyul oyi barqaror ob-havo va +36° bilan yakunlanadi

28-iyuldan 1-avgustgacha boʻlgan ish haftasi uchun poytaxtda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.

Dushanba kuni tushdan keyin havo kam bulutli boʻlib, harorat +36° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +23° gacha pasayadi.

29-iyul kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi, harorat +37° gacha ko‘tariladi. Kechasi kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +23° gacha pasayadi.

Chorshanba kuni havo kam bulutli boʻlishi kutilmoqda, harorat +36° gacha koʻtarilishi mumkin. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi, harorat +23° gacha pasayadi.

30-iyul kuni ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +36° gacha ko‘tarilishi mumkin. Kechasi ham kambulutlilik va haroratning +23° gacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻladi, harorati+36° gacha koʻtariladi. Shanbaga oʻtar kechasi esa havo kam bulutli boʻlib, harorat +23° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling