Fotosayr: Oqtepa kanali

E’lon qilingan sana· 308
Fotosayr: Oqtepa kanali

Toshkent shahridagi Baynalminal ko‘chasi (hozir Seul ko‘chasi deb ham ataladi) shaharning eng bahavo nuqtalaridan biri hisoblanadi. U Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari chegarasida, Oqtepa kanali yoqasida joylashgan.

Ko‘cha bo‘ylab piyodalar yo‘laklari va veloyo‘laklar o‘tgan, chiroqlar, skameykalar, kichik fontanlar, dekorativ o‘simliklar va gullar bilan bezatilgan.

Bu yer tongda yoki kechqurun yugurish, velosiped haydash, bolalar bilan sayr qilish yoki, shunchaki, dam olish uchun kelishga muqobil variant. Suratlarni tomosha qilib, manzilni sayohat ro‘yxatingizga kiritib qo‘yishni unutmang. Sayrni boshlash uchun start va yo‘nalish mana bu yerda.

Shohruh Haydarov
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Fotosayr: "Shahidlar xotirasi" maydoni

Shahidlar xotirasi maydoni o‘zining alohida sukunat, xotira va qadr-qimmat muhiti bilan sayr qilish uchun e’tiborga loyiqdir.

Foto: Bunyodkor gastronomik ko‘chasi boʻylab sayr

Poytaxtda shahar aholisi va mehmonlari uchun mo‘ljallangan yana bir gastronomik ko‘cha o‘z faoliyatini boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokida ochilgan ushbu loyiha Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini bog‘lab turuvchi, “Xalqlar do‘stligi” metro bekati yonidagi Bunyodkor ko‘chasidir.

Fotosayr: Anhor boʻyi

Afisha.uz Toshkentning ko‘rkam va hordiq chiqarish uchun yoqimli maskanlari bo‘ylab “Fotosayr” ruknini davom ettiradi.

Fotosayr: "Moviy gumbazlar" xiyoboni

Afisha.uz Toshkentning koʻrkam va hordiq chiqarish uchun yoqimli boʻlgan manzillari boʻylab fotosayr ruknini boshlaydi.

Fotosayr: Oqtepa kanali — Toshkent Afishasi