Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi rekonstruksiya uchun yopildi

E’lon qilingan sana· 45
Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi rekonstruksiya uchun yopildi

2−25 avgust kunlari Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi — Grand Mir mehmonxonasi kesishmasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopildi . Sabab — yo‘l qoplamasining rekonstruksiya qilish ishlari bilan bogʻliq.

Ta’mirlash vaqtida tirbandlik va qoʻshni koʻchalarda harakat kuchayishi mumkin. Haydovchilarga o‘z yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Cheklov barcha qurilish va montaj ishlari tugaguniga qadar amal qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling