Toshkentda 14 ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgartirildi
E’lon qilingan sana: · 150

Poytaxtda qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Shota Rustaveli ko‘chasining “Grand Mir” mehmonxonasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Hududda 18, 38, 58, 81-sonli yo‘nalishlar uchun shahar markazi tomon bir tomonlama harakat tashkil etiladi:
- 18-sonli yo‘nalish — Bobur → Nukus → Mirobod;
- 38-sonli yo‘nalish — Muqimiy → Nukus → Oybek;
- 58-sonli yo‘nalish — Bobur → Nukus → Oybek.
Boshqa oʻzgarishlar:
- 57, 98-sonli yo‘nalishlar- Yusuf Xos Hojib → Bobur;
- 67-sonli yo‘nalish — Oybek → Shahrisabz → Mirobod → Nukus (ikkila yo‘nalishda);
- 81-sonli yo‘nalish (Qo‘yliq bozori tomon) — Yusuf Xos Hojib → Bobur;
- 2, 12, 40, 45, 80, 94, 127-sonli yo‘nalishlar — Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab Bobur koʻchasidan Shota Rustaveli koʻchasigacha.
Haydovchilar va yo‘lovchilar tirbandlik yuzaga kelishi hamda transport vositalari harakatlanish oralig‘i uzayishi ehtimoli haqida ogohlantirilmoqda. Zarurat tug‘ilganda, yo‘nalishlar qo‘shimcha ravishda o‘zgartirilishi mumkin.