Yakshanba kuni O‘zbekistonga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 92
Yakshanba kuni O‘zbekistonga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda

15−17 avgust kunlari O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi. Bu kunlarda O‘zbekiston boʻylab asosan kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda 16-avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 15−16-avgust kunlari asosan +30…+35 daraja, janubda +38 darajagacha bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 2−3 darajaga pasayadi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahrida juma, shanba kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechalari +19…+21 daraja, kunduz kunlari 15−16-avgustda +32…+35 daraja, 17-avgustda +28…+30 daraja bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling