Bir piyola choy ustida: Toshkentdagi sharqona ruh mujassamlashgan 7 ta maskan

“Kelsangiz, bir piyola choy”, deb taklif etilgan dasturxonda choy boʻlmasligi mumkin, ammo mazali taomlar, iliq muhit va samimiy suhbatlar bilan to‘lib-toshishi aniq. Milliy mehmondoʻstlik va sharqona muhitdan bahramand boʻlishni xohlovchilar uchun Afisha.uz Toshkentdagi aynan shunday kafe va restoranlarni bir yerga jamladi.
Milliy Lounge

Ushbu oʻzbekona restoran interyer milliy uslubda bezatilgan bo‘lib, uchta asosiy qismga ajratilgan: umumiy zal, tapchanli milliy zona, VIP xona va yozgi terassa. Restoran oʻzining sharqona muhiti bilan birgalikda jonli musiqa hamrohligida yoqimli muhit yaratadi. Bundan tashqari, ovqatlangandan soʻng Bobur bogʻi boʻylab sayr qilish imkoni mavjud. Menyu kichik bo‘lsa-da, unda eng mashhur taomlar jamlangan, narxlari esa yoqimli.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi va narxlari bilan tanishish mumkin.
Manzil: Bratislava koʻchasi, 2B.
Tandiriy

Milliy “vibe” bilan birgalikda turli xil oʻzbek oshxonasi taomlaridan bahramand boʻlish uchun ideal joy hisoblanuvchi bu restoran, oʻzining estetik interiori, oʻziga xos uslubi hamda an’analarga sodiqligi bilan ajralib turadi. “Tandiriy” restorani haqida oldin yozgan edik.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi hamda narxlari bilan tanishish va joy band qilishingiz mumkin
Manzil: Oʻqchi koʻchasi, 5.
Sholi

Haqiqiy sharqona uslubdagi hovli, soʻrilar, sayrab turgan bedana hamda yorqin va zamonaviy interyer, ochiq ranglar, qulay jihozlangan zal mehmonlarga iliq va samimiy muhit yaratadi. Menyuda o‘zbek oshxonasining eng sara taomlari, shuningdek, xalqaro pazandalik an’analaridan ilhomlangan yangicha talqinlar jamlangan.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi hamda narxlari bilan tanishish mumkin
Manzil: Osiyo koʻchasi, 37.
Boboy cafe

Bu maskan o‘zbek oshxonasining an’analarini zamonaviy talqinda taqdim etadi. Restoran interyeri milliy naqshlar, yog‘och o‘ymakorligi va rang-barang to‘qimachilik buyumlari bilan bezatilgan bo‘lib, mehmonlarga iliq va samimiy muhit yaratadi. Menyuda oʻzbek oshxonasining eng sevimli taomlari va nonushtalar oʻrin olgan.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi hamda narxlari bilan tanishish mumkin.
Manzillar uchun havola.
Chorlar

“Chorlar” — milliy oshxona va sharqona muhit uyg‘unlashgan maskan. Toshkentning markazida, Milliy bog‘ hududida joylashgan bu restoran mehmonlarga shinam interyer, iliq atmosfera va sifatli xizmatni taklif etadi. Yozning issiq kunlarida esa sobiq Komsomol ko‘li bo‘yida joylashgan salqin yozgi terassa mehmonlarga alohida huzur bag‘ishlaydi. Bu restoran haqida maxsus sharh yozgan edik.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi hamda narxlari bilan tanishish va joy band qilishingiz mumkin.
Manzil: Milliy bogʻ.
Shesh-Besh

So‘zani va milliy bezak hamda naqshlardan foydalangan holda yaratilgan “Shesh Besh” restorani interyeri mehmonlarni sharqona ruh va qulay muhit bilan kutib oladi. Bu yerda an’anaviy taomlar zamonaviy talqinda taqdim etilib, kabob, salat va milliy oshxonaga xos issiq-sovuq taomlar menyudan o‘rin olgan. Restoran 24 soat davomida faoliyat yuritadi, shuning uchun tonggi nonushtadan kechki uchrashuvlargacha istalgan vaqtda tashrif buyurish mumkin.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi bilan tanishish va joy band qilishingiz mumkin.
Manzil: Shota Rustavelli koʻchasi, 18.
Khan Chapan

“Khan Chapan” — haqiqiy sharqona muhitga ega bo‘lgan restoranlardan biri hisoblandi. Interyeri milliy ruhdagi bezaklar bilan boyitilgan bo‘lib, yozning jazirama kunlarida mehmonlarga qulaylik yaratadigan salqin yozgi terassa ham mavjud. Restoran konsepsiyasida an’ana va zamonaviylik uyg‘unlashib, tashrif buyuruvchilarga unutilmas taassurotlar hadya etadi. Menyuda esa o‘zbek va Sharq oshxonasining sara taomlari jamlangan.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi va narxlari bilan tanishish mumkin.
Manzil: Usta Olim koʻchasi, 5.