Toshkentda 15 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartirildi
E’lon qilingan sana: · 218

18-avgustdan boshlab Kichik halqa yo‘lining bir qismida (Qatortol ko‘chasidan Bunyodkor shoh ko‘chasigacha bo‘lgan) isitish quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Toshkent shahridagi bir nechta avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtincha o‘zgardi.
Oʻzgarishlar quyidagi yoʻnalishlarga ta’sir qiladi:
- 8, 34, 70, 99, 113, 114, 125, 131, 134, 135 va 139-avtobuslar Qatortol, Mehr va Bunyodkor ko‘chalaridagi yopiq uchastkani bir yo‘nalishda aylanib o‘tadi;
- 41, 48, 69 va 116-sonli avtobuslar Qatortol-2 va Bunyodkor ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi.
Maʼlum qilinishicha, tirbandlik va transport oraligʻidagi vaqtning ortishi, zarurat tugʻilganda marshrut harakatida qoʻshimcha oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.