Toshkentda quyoshli hafta boʻlishi va havo harorati +37° gacha koʻtarilishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 104
Toshkentda quyoshli hafta boʻlishi va havo harorati +37° gacha koʻtarilishi kutilmoqda

18−22-avgust kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti .

Dushanba kuni kunduzi biroz bulutli boʻlishi, havo harorati +33° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli, +19° gacha pasayadi.

Seshanba kuni havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +35° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli, +20° gacha pasayadi.

Chorshanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lishi, havo harorati +36° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli, havo harorati +20° gacha tushadi.

Payshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +37° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, +22° gacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +36° gacha koʻtariladi. Shanba kuni kechasi oʻzgaruvchan bulutli boʻlib, harorat +23° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling