Olimpiya shaharchasining bir qismi aholi uchun ochiq bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 65
Olimpiya shaharchasining bir qismi aholi uchun ochiq bo‘ladi

Toshkentda barpo etilgan yangi Olimpiya shaharchasida Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi ham joylashgan.

Majmua nafaqat xalqaro turnirlar o‘tkaziladigan arena, balki o‘quv va ilmiy markaz sifatida ham yaratilgan. Yirik musobaqalardan so‘ng inshootlar bo‘sh qolmaydi: ularda milliy terma jamoalarning yig‘inlari, federatsiya mashg‘ulotlari, sport maktablari mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Infratuzilmaning bir qismi shahar aholisi uchun ham ochiq boʻladi .

Bu yerda har yili “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” dasturi doirasida yangi loyiha — Prezident Olimpiadasi ham o‘tkaziladi. G‘oliblar olimpiya markazlarida mashg‘ulotlarni davom ettirib, terma jamoalarga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi.

Olimpiya shaharchasida professional sportchilar uchun ham, ommaviy sport bilan shugʻullanish uchun ham sharoitlar yaratiladi. Uning negizida yengil atletika, suv sport turlari, sport o‘yinlari va yakka kurash turlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Sport sohasini raqamlashtirish, xususiy klublar faoliyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kelgusi yillarda hududlarda ham shunday majmualar paydo bo‘lib, sportchilar tayyorlashning yagona tizimini yaratilib, bu esa O‘zbekistonda sportni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Foto: Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlandi

Shahar hududida beshta asosiy sport inshooti mavjud: velodrom, 12 ming oʻrinli stadion, suv sporti saroyi va boshqalar.