Roʻyxat: Toshkentda 19 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartirildi
E’lon qilingan sana: · 130

Shota Rustaveli ko‘chasining “Grand Mir” mehmonxonasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida olib borilayotgan qurilish ishlari munosabati bilan bir qator avtobus yo‘nalishlarining sxemasiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi.
Oʻzgarishlar quyidagi yoʻnalishlarga ta’sir qildi:
- 12, 45 — harakat bir tomonlama tartibda Bobur, Kichik halqa yo‘li, Qushbegi, Muqimiy va yana Bobur ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilgan;
- 18 — Muqimiy, Arnasoy va Cho‘pon ota ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi;
- 33 — Cho‘pon ota, S. Sirojiddinov, Shohjahon va Bobur ko‘chalari orqali o‘zgartirilgan;
- 126 — harakat Shota Rustaveli, Cho‘pon ota, Bog‘i Bo‘ston, At-Termiziy, O‘rikzor va Bobur ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi;
- 69, 114 — Bog‘i Bo‘ston va Cho‘pon ota ko‘chalari olib tashlanib, harakat Kichik halqa yo‘liga yo‘naltirildi;
- 38, 40, 57, 58 — “Kichik halqa Janubiy vokzal” bekati orqali Kichik halqa yo‘liga;
- 67 — Shahrisabz, Oybek, Nukus va Bobur ko‘chalari bo‘ylab ikki tomonlama harakat amalga oshiriladi;
- 81, 98 — Yusuf Xos Hojib va Bobur ko‘chalariga yo‘naltirilgan;
- 2, 80, 94, 127 — harakatlanish Muqimiy ko‘chasining Boburdan Shota Rustaveligacha bo‘lgan qismi bo‘ylab o‘tadi;
- 135 — qisqartirilgan, oxirgisi “Muqimiy ko‘chasi” bekati bo‘ldi.
Zarur hollarda yo‘nalishlarga qo‘shimcha tuzatishlar kiritiladi.
Poytaxt transport bosh boshqarmasi rekonstruksiya ishlari tufayli yaqin atrofdagi ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelishi, avtobuslarning oraliq intervallari va harakatlanish vaqti uzayishi mumkinligi haqida ogohlantirdi — yo‘lovchilarga yoʻnalishlarni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.