Fotosayr: Abdulla Qodiriy (Ganga) sayilgohi

Toshkent markazida joylashgan Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi sayilgoh (Ganga) poytaxt aholisi va mehmonlari uchun sevimli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi. Ikki yoni yashillik bilan o‘ralgan xiyobon oila, do‘stlar yoki yaqin insoningiz bilan sayr uchun muqobil variant bo‘ladi.
Unda qator o‘rindiqlar, bolalar uchun maxsus o‘yingohlar, shuningdek, yoshlar va sport ishqibozlari uchun skeyt uchish, stol tennisi va work out maydonchasi ham mavjud. Bu yerda har kim o‘z qiziqishiga ko‘ra dam olishi yoki sport bilan shug‘ullanishi mumkin.
Shu bilan birga, sokin muhitda bir finjon turkcha choy ustida suhbatlashishni istaganlar uchun tamaddixonalar ham xizmat ko‘rsatadi.
Sayrni boshlash uchun start va yo‘nalish mana bu yerda.

Fotosayr: Oqtepa kanali
Bu yer tongda yoki kechqurun yugurish, velosiped haydash, bolalar bilan sayr qilish yoki, shunchaki, dam olish uchun kelisga muqobil variant.
Fotosayr: "Shahidlar xotirasi" maydoni
Shahidlar xotirasi maydoni o‘zining alohida sukunat, xotira va qadr-qimmat muhiti bilan sayr qilish uchun e’tiborga loyiqdir.
Fotosayr: Anhor boʻyi
Afisha.uz Toshkentning ko‘rkam va hordiq chiqarish uchun yoqimli maskanlari bo‘ylab “Fotosayr” ruknini davom ettiradi.
Fotosayr: "Moviy gumbazlar" xiyoboni
Afisha.uz Toshkentning koʻrkam va hordiq chiqarish uchun yoqimli boʻlgan manzillari boʻylab fotosayr ruknini boshlaydi.