Oʻzbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari hisoblangan 23−24 avgustda O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu kunlarda havo harorati +35…+37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +40 darajagacha chiqadi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha nisbatan nam va biroz issiq bo‘lgan kuchsiz havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Havo harorati 2−3 darajaga pasayadi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat shanba kunduzi +35…+37 daraja, yakshanba kuni +32…+35 daraja bo‘ladi, kechalari +20…+22 darajaga tushadi.