O‘zbekiston “Zakovat Asian Cup II” musobaqasida g‘olib bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 62
O‘zbekiston “Zakovat Asian Cup II” musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida 20-avgust kuni “Zakovat Asian Cup II” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston yoshlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘zaro bellashdi.

Birinchi o‘yin 6:2 hisobida O‘zbekiston jamoasi foydasiga yakunlandi. Ikkinchi bahsda ham yurt vakillari g‘alaba qozonib, umumiy natijalarga ko‘ra 2:0 hisobda musobaqa chempioni bo‘ldi.

Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonlik yoshlarni g‘alaba bilan tabriklab, musobaqa ikki xalqni yanada yaqinlashtirganini ta’kidladi.

Bellashuvlardan tashqari, tadbir doirasida turli madaniy va ma’rifiy dasturlar ham tashkil etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling