Koʻchmanchi festivali sanasi koʻchirildi

E’lon qilingan sana· 65
Koʻchmanchi festivali sanasi koʻchirildi

Sergelida 23-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘cha taomlari festivali va katta rok-konsert, shuningdek, kecha-kunduz ishlayotgan gastronomik sayyohlik ko‘chasining ochilish marosimi keyinga qoldirildi.

Bunga Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari kesishmasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari belgilangan muddatda yakunlanmagani sabab bo‘ldi. Tashkilotchilar ta’kidlashicha, tadbirning ko‘chirilishi uni yanada yuqori darajada va bayramona kayfiyatda o‘tkazish imkonini beradi.

Festival va ko‘chaning ochilishi 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Sergeli tumani hokimligi binosi yonidagi yangi gastronomik ko‘cha. Lokatsiya.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling