Shota Rustaveli ko‘chasida transport harakati cheklandi
E’lon qilingan sana: · 74

24−31-avgust kunlari Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismida rekonstruksiya ishlari munosabati bilan vaqtincha avtomobil harakati cheklovi joriy etildi.
Ko‘cha “Birodarlik qabrlari” yodgorligidan (Choʻponota ko‘chasi bilan kesishma) “Grand Mir” mehmonxonasi yonidagi aylanma chorrahagacha (Mirobod ko‘chasi bilan kesishma) yopiq.
Haydovchilarga yoʻnalishlarni oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.