Toshkentda 1-sentyabrdan 3 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgardi

E’lon qilingan sana· 112
Toshkentda 1-sentyabrdan 3 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgardi

1-sentyabrdan boshlab 15, 28 va 61-sonli avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritildi.

15 — “Qoʻyliq-1” massividan “Doʻstlik” metro bekatigacha harakatlanayotganda avtobuslar “Toshkent-Fargʻona-Toshkent” avtoturargohiga yetib bormasdan Qoʻyliq bozori yonidagi koʻprikdan oʻtadi.

28 — Tibbiyot akademiyasidan Yangiobod massivi tomon harakatlanishda avtobus endi Shohimardon, Ohangaron yo‘li, Shohsanam va Katta Yangiobod ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi. Katta Yangiobod ko‘chasida harakat faqat bir yo‘nalishda tashkil etiladi.

61-sonli avtobuslar Beshariq, Aviasozlar va Xosiyat ko‘chalariga kirmasdan, Izzat ko‘chasi bo‘ylab ikki yo‘nalishda harakatlanadi.

Oʻzgartirishlar Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish xavfsizligini taʼminlash va jamoat transporti harakatini optimallashtirish bilan bogʻliq ekani taʼkidlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling