Kuzning birinchi ish haftasida poytaxtda harorat +17° gacha tushadi

E’lon qilingan sana· 44
Kuzning birinchi ish haftasida poytaxtda harorat +17° gacha tushadi

Toshkent shahrida 2−5 sentyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Seshanba kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘lishi, harorat esa +34° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorati +17° gacha tushadi.

Chorshanba kuni havo kam bulutli boʻlib, harorat +33° gacha koʻtariladi. Kechasi kam bulutlilik kuzatiladi va harorat +18° gacha pasayadi.

Payshanba kuni kunduzi ham kam bulutli havo boʻlishi kutilmoqda, harorat esa +37° gacha ko‘tariladi. Kechasi kam bulutli boʻladi, harorati +21° gacha tushadi.

Juma kuni tushdan keyin havo kam bulutli boʻlib, harorati +37° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Jumadan shanbaga oʻtar kechasi ham havo kam bulutli boʻlib, harorat +20° gacha pasayishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling