Foto: Toshkentda yangi "Amerika markazi" ochildi

E’lon qilingan sana· 145
Foto: Toshkentda yangi "Amerika markazi" ochildi

Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti (AUT) kampusida AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 30-avgust kuni yangi “Amerika markazi” ochildi. Mazkur maskan ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni mustahkamlash, ingliz tili o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda jamoatchilikka zamonaviy resurslar taqdim etishni maqsad qiladi.

150 kvadrat metrlik markaz bir nechta hududlardan iborat:

  • tadbirlar zali — interaktiv seminarlar, ingliz tili mashg‘ulotlari, amerikalik mutaxassislarning ma’ruzalari, biznes va texnologiya bo‘yicha treninglar uchun;
  • ko‘p maqsadli xona — kichik guruh loyihalari, akademik maslahatlar, AQSh ta’lim dasturlarini va til o‘rganishga ko‘maklashadi;
  • sokin xona — suhbatlar, o‘qish va dam olish uchun mo‘ljallangan.

Markaz tashrif buyuruvchilarga zamonaviy texnologiyalar — noutbuklar, 3D-printerlar, virtual reallik uskunalari, yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, bu yerda Amerika tarixi, madaniyati, fan, tadbirkorlik va yetakchilikka oid kitoblar, shuningdek, eLibraryUSA raqamli platformasi bepul taqdim etiladi.

Ochilish marosimida AQSH elchisi Jonatan Henik, Cintana Education asoschisi va raisi Duglas L. Bekker hamda tashkilot prezidenti Rik Shangrou so‘zga chiqdi. Tadbir doirasida tasmani qirqish marosimi va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

“Ushbu „Amerika markazi“ AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi qudratli hamkorlikning yorqin namunasidir, Amerika innovatsiyalarini namoyish etish orqali biz barkamollik, hamkorlik va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etmoqdamiz”, — deya ta’kidladi qoʻshma shtatlar elchisi Henik

Ushbu markaz American Spaces’ning 140 mamlakatda faoliyat yurituvchi 600 dan ortiq markazlari qatoriga qo‘shildi. Shunindek, bu yerda ingliz tili amalda qoʻllashga koʻmaklashuvchi suhbat klublari, raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha seminarlar, tadbirkorlik treninglari kabi dasturlar muntazam o‘tkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling