Poytaxtda ish kunlarida tuman sabab ko‘rish imkoniyatining pasayishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 95

Toshkent shahrida 8-sentyabrdan 12-sentyabrgacha bo‘lgan ish haftasida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Kunduz kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, harorat +32° gacha (faqat juma kuni +34° gacha) ko‘tariladi.
Kechasi havoning biroz bulutli boʻlishi, “tuman hosil boʻlishi tufayli koʻrish imkoniyatining pasayishi” va havo haroratining +18…+19° gacha tushishi kutilmoqda.