Chilonzorda Bunyodkor koʻchasining bir qismi 3 kunga yopiladi

Toshkentning Chilonzor tumanida Bunyodkor ko‘chasining ichki dublyorida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
12-sentyabr soat 07:00 dan 15-sentyabr soat 07:00 gacha 24/7 Bunyodkor yangi gastro-sayr ko‘chasida o‘tkaziladigan “Gastro fest” tadbiri munosabati bilan ichki dublyor harakati yopiladi.
Shu kunlarda faqat ichki dublyor yopilib, Bunyodkor ko‘chasining o‘zi hamda tashqi dublyor odatdagidek ochiq bo‘ladi.
Haydovchilarga yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanishi tavsiya etiladi.
Gastro fest
Bunyodkor koʻchasida yirik gastronomik va koʻngilochar tadbir Gastro fest boʻlib oʻtadi.
Toshkentning Bunyodkor koʻchasida Gastro fest boʻlib oʻtadi
Tashrif buyuruvchilarni mahalliy va xalqaro taomlar taqdimotlari, pazandalik shoulari va mahorat darslari, shuningdek, taniqli san’atkorlar — Yulduz Usmonova, G‘aybulla Tursunov, Ozoda Nursaidova, Jahongir Poziljonov, "Sitora" guruhi va boshqalarning chiqishlari kutmoqda.