Oʻzbekistonlik 130 yoshli momo Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 36
Oʻzbekistonlik 130 yoshli momo Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

Oʻzbekistonda birinchi marta 130 yoshli momoning tugʻilganlik fakti belgilandi. Endi u Ginnes rekordlari kitobiga kiritilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fargʻona viloyatining Buvayda tumani, “Qoraqum” mahallasida yashovchi 1895-yilda tug‘ilgan Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tug‘ilishi qayd etilmagan.

Tumanda oʻtkazilgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tugʻilganlik fakti belgilandi. Shu tariqa Umarova (Toshmatova) Huvaydo Oʻzbekistonning eng yoshi katta fuqarosi hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling