ICTWeek 2025 doirasida “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi bo‘lib o‘tadi

24-sentyabr kuni ICTWeek 2025 doirasida “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt: G‘oyadan natijagacha” forumi boʻlib oʻtadi. U ishtirokchilarga AI tendensiyalari va xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Ushbu forum Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilib, unda IT ta’limi va texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
Forum ma’ruzachilari:
- Nikolaz Foucaud (Coursera Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika (EMEA) bo‘yicha boshqaruvchi direktori) — “Sun'iy intellekt davrida ta’lim va ko‘nikmalar kelajagi”;
- Naroa Zurutuza (Giga/UNICEF texnologiya bo‘yicha bosh direktori) — “Ta'limda sun’iy intellekt uchun raqamli asoslarni yaratish”;
- Aleksandra Nabiyeva (Huawei kompaniyasi jamoatchilik bilan aloqalar menejeri) — “Sun'iy intellekt davrida raqamli iste’dodlar”;
- Vera Bell (Crowe Uzbekistan boshqaruvchi hamkori, xalqaro tajribaga ega MBA bitiruvchisi) — “Learn → Do → Scale: CFO.UZ”;
- Vera Dianova (Uzum E-com kadrlar bo‘yicha direktori) — “Odamlarga sarmoya kiritish, kelajakni qurish: raqamli iqtisodiyot uchun yoshlarni rivojlantirishda kompaniyalarning roli”;
- Boris Bobrovnikov (Krok IT kompaniyasi asoschisi) — “Sun'iy intellekt mutaxassislarini tayyorlash”;
- Mahmud Sodiqov (Yandex ML School direktori) — “Ta'lim va sanoatni birlashtirish: Yandex ML maktabi sun’iy intellekt kelajagini qanday shakllantirmoqda”;
- Narek Aslikyan (Armanistonning “ACA” kod akademiyasi asoschisi) — “AI — bozor va taʼlim oʻrtasida koʻprik”;
- Nigʻmatjon Anvarov (Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi dasturchisi) — LMS taqdimoti.
Mahorat darslari:
- Oybek Artikov (“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi mentori) — AI yordamida samarali prompt yozish;
- Xurshidbek Kurbanov (Paybek Fintech texnik direktori) — AI agent yaratish;
- Saud Abdulwaheed (Haad o‘quv markazi va Hsec Ltd asoschisi) — “Ta'limdan sog‘liqni saqlashgacha: AR texnologiyalarining qo‘llanish sohalari”.
Forum yakunida ishtirokchilar uchun yutuqli o‘yinlar va o‘quv markazlar tomonidan IT’ni bepul yoki imtiyozli o‘rganish uchun vaucherlar taqdim etiladi. Shuningdek, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan:
- xalqaro IT olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlar;
- IT universitetlar va xususiy o‘quv markazlar;
- IT ta’lim loyihalarini yoritishda faol qatnashgan OAV xodimlari va blogerlar taqdirlanadi.
Manzil: CAEx Ko‘rgazma Markazi, Main Hall 1.
Vaqt: 9:30 (ro‘yxatdan o‘tish 9:00 dan boshlanadi).
“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi nafaqat ta’lim sohasi balki butun raqamli iqtisodiyot rivojida muhim o‘rin tutadi. Ushbu tadbir ishtirokchilarga sun’iy intellektning turli sohalardagi imkoniyatlari, tajribali mutaxassislarning amaliy bilimlari hamda xalqaro tendensiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Shuningdek, forum yoshlar, IT ta’lim muassasalari va biznes vakillari uchun yangi hamkorlik eshiklarini ochadi. Mazkur tashabbus mamlakatda raqamli ta’limni yanada rivojlantirish, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va innovatsion ekotizimni kengaytirishga xizmat qiladi.
Reklama huquqlari asosida.