Toshkentda 24 soatli yangi gastronomik ko‘chalar va sayilgoh tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 335
Toshkentda 24 soatli yangi gastronomik ko‘chalar va sayilgoh tashkil etiladi

Toshkent shahrida ikkita yangi tun-u kun faoliyat koʻrsatadigan ko‘cha hamda Bo‘zsuv kanali bo‘ylab sayilgoh tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Gazeta.uz ma’lum qildi.

Loyihaga ko‘ra, Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasining 3,5 km qismi va Chilonzor tumanidagi Qatortol ko‘chasining 1 km qismi 24/7 ko‘chaga aylantiriladi. Ular turizm va tungi iqtisodiyot uchun yangi maskanga aylanishi kutilmoqda. Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun respublika byudjetidan mos ravishda 8,7 mlrd va 10,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, Yunusobod tumanida joylashgan Bo‘zsuv kanalining Minоr, Matonat va Qashqar mahallalari hududidan o‘tuvchi qismida sayilgoh barpo etish loyihasi taqdim etilgan.

Bundan tashqari, shahardagi eng katta yerosti yo‘li — “Toshkent” metro bekati va Shimoliy temiryo‘l vokzali orasida savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etilishi ham rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling