Kinopoisk “Hamnafas” festivalida eshitish qobiliyati zaif insonlar uchun o‘zbekcha subtitrli film taqdim etdi

“Hamnafas” xalqaro festivali Toshkentda inkluzivlikni targ‘ib qildi — Kinopoisk esa unda eshitish qobiliyati zaif tomoshabinlar uchun o‘zbekcha subtitrli film namoyish etib, mamlakatda inklyuziv kinoning rivojlanishiga qadam qo‘ydi.
17−21 sentyabr kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida xalqaro “Hamnafas” inklyuziya va imkoniyatlar festivali bo‘lib o‘tdi. 21-sentyabr kuni Kinopoisk tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda maxsus kino-namoyish tashkil etdi. Tomoshabinlarga “Paddington sarguzashtlari 3” filmi eshitishida muammosi bo‘lganlar uchun o‘zbekcha subtitrlar bilan namoyish qilindi. Bu — Kinopoisk platformasida ilk bor o‘zbek tilida shunday formatda taqdim etilgan film bo‘lib, uning O‘zbekistondagi premyerasi aynan “Hamnafas” festivalida o‘tkazildi.
Festivalning maqsadi — mahalliy hamjamiyatni birlashtirish, xalqaro tajriba orqali dunyoqarashni kengaytirish va oddiy bir haqiqatni eslatish: “biz hammamiz tengmiz, kutubxona esa bilim va kitoblar singari har kim uchun ochiq”. Dastur doirasida ma’ruzalar, ochiq suhbatlar, mahorat darslari, intensiv kurslar, xakatonlar va teng imkoniyatlar mavzusiga bag‘ishlangan kinonamoyishlar tashkil etildi. “Hamnafas” — bu faqatgina ma’ruzalar emas, balki amaliyot, jonli muloqot va yangi g‘oyalar uchun maydon. Festivalni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonda inklyuziv kinoni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi va san’at odamlarni ajratmay, aksincha birlashtirishi kerak degan yondashuvni davom ettirdi.
Kinopoisk o‘z platformasi orqali inklyuziv tomosha qilish imkonini beruvchi maxsus film va serial to‘plamlarini taklif etadi. Ular orasida eshitish qobiliyati zaif bo‘lganlar uchun subtitrli filmlar mavjud bo‘lib, ular nafaqat dialoglarni, balki ovoz effektlarini ham kuzatishga yordam beradi. Shuningdek, ko‘rish qobiliyati zaif insonlar uchun tiflоkommentariyali filmlar ham taqdim etilgan — bunda voqealar va vizual tafsilotlari qo‘shimcha ovozli izohlar orqali yetkaziladi. Ushbu vositalar mavzuni to‘liqroq tushunishga yordam beradi va tomosha qilish jarayonini barcha uchun qulay qiladi.

“Biz uchun jismoniy, madaniy va insoniy to‘siqlardan xoli bo‘lgan makon yaratish g‘oyat muhim. Inklyuziya mavzusiga muntazam e’tibor qaratamiz: o‘tgan yili „Garaj“ muzeyi bilan hamkorlikda konferensiya o‘tkazdik, bu yil esa „Hamnafas“ festivalini yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Kutubxona, xuddi kitoblar singari, har bir inson uchun ochiq, shu bois biz jamoatchilikni muloqot va qo‘shma tashabbuslarga chorlaymiz”, — deya ta’kidladi Respublika bolalar kutubxonasi direktori Asror Xo‘jayev.
“Hamnafas” festivali turli tajribaga ega tomoshabinlar kinoga yangicha nigoh bilan qaray oladigan maydonga aylandi. O‘zbek tilidagi subtitrli namoyish madaniyatda ham, kundalik hayotda ham qulaylik muhimligini ta’kidladi.

Kinopoisk — mahalliy va xorijiy video kontentlar olamidagi voqealarni o‘zida mujassam etgan, odamlarni hikoyalar kuchi atrofida birlashtiruvchi platforma. Bu xizmat auditoriyani kino va seriallar olamiga kiritadi, taassurotlarni sharhlar va baholar shaklida almashish imkonini beradi hamda “Ko‘raman” belgisi orqali yangi asarlar reytingini shakllantirishga yordam beradi. Kinopoisk o‘z loyihalari va minglab boshqa film hamda seriallardan tashqari, sport translyatsiyalari, telekanallar, musiqa va kliplarni tomosha qilish imkoniyatini taqdim etadi. Bularning barchasi Yandex Plus obunasi orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Bugungi kunda platformaning oylik auditoriyasi 15 million tomoshabindan oshadi.
Instagram Hamnafas: @hamnafas.festival
Instagram Acdflibrary: @acdflibrary
Reklama huquqlari asosida.