Toshkentdan Chorvoqqa boradigan avtobuslar harakati toʻxtatildi

E’lon qilingan sana· 77
Toshkentdan Chorvoqqa boradigan avtobuslar harakati toʻxtatildi

Toshkent shahridan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati toʻxtatildi. Bu haqda “Tashtrans.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1226-sonli avtobus yo‘nalishi (“Mashinasozlar” metro bekati — Chorvoq) bir necha kundan buyon ishlamayapti va keyingi yilgacha yopilgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotga koʻra, qatnov masofasi 75 km boʻlgan yoʻnalishda yoʻlovchilar belgilangan manzilga 1 soat 30 daqiqada yetib borishi mumkin edi. Uning narxi — 25 000 soʻmni tashkil qilardi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling