Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi

E’lon qilingan sana· 136
Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq koʻchasi issiqlik tarmoqlarini almashtirish sabali 2025-yil 15-oktabrga qadar vaqtincha yopildi.

Taʼmirlash ishlari davomida quyidagi avtobus yoʻnalishlari oʻzgartirildi:

  • 40-sonli — Bobur, Kichik halqa, Turkiston, Toshkent vokzali, Temiryulchilar, A.S. ko‘chalari bo‘ylab,A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RЭT zavodi bekatigacha;
  • 52-sonli — harakat faqat Lokomotiv ko‘chasi va Toshkent vokzali oralig‘ida tashkil etiladi;
  • 61-sonli- A.S. Banokatiy, G. Aliyeva, Temiryulchilar, Kichik halqa, Bobur koʻchalari boʻylab;
  • 66-sonli — Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RЭT zavodi bekatigacha;
  • 106-sonli — Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari boʻylab.

Yoʻlovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishlari va vaqtinchalik oʻzgarishlarni hisobga olishlari soʻraladi. Ta’mirlash ishlari davomida ko‘chalarda tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling