Toshkent metrosining yerusti halqa yoʻli qayta ishlay boshlaydi

E’lon qilingan sana· 71
Toshkent metrosining yerusti halqa yoʻli qayta ishlay boshlaydi

Toshkent shahridagi “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” metro yoʻnalishi 2025-yil 18-oktabrdan yo‘lovchilar uchun qayta ochilishi kutilmoqda.

Bu yoʻnalish poyezdlar qatnovi avval rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘xtatilgan edi. Hozirda ushbu ta’mirlashning soʻnggi bosqichi yakunlanmoqda.

Yo‘lga qo‘yilishidan oldin poyezdlar bir muddat test rejimida yo‘lovchilarsiz ishlaydi — bu poyezdlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatini sinab ko‘rish uchun zarur.

Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangach, yoʻnalish odatdagidek ishlashga qaytadi. Metropolitenning ochilish sanasi “Toshkent metropoliteni"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida rasman e’lon qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling